Nodir Khalilov
Kurs davomiyligi: 12 hafta
  • Foydalanuvchilar va biznes muammolarini dizayn yordamida yechishni o‘rganasiz.
  • UX tadqiqotlarni to‘g‘ri o‘tkazish va ulardan oqilona foydalanishni o‘rganasiz.
  • Dizayn tajribalarni qanday qilib to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni o‘rganasiz.
  • Yumshoq ko‘nikmalarni (soft skills) rivojlantirasiz.
UX dizayn kursi
Kurs kimlar uchun?
Mid-level dizaynerlar
Senior dizayner bo‘lish uchun eng muhim bilim va tajribalarni o'rgatib boraman. Olgan bilimlaringizni tajribada qo‘llash imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz.
Junior darajadagi dizaynerlar
Junior darajadan keyingi darajalarga ko‘tarilish uchun faqatgina nazariy bilimlarning o‘zi yetarli emas. Sizni keyingi bosqichlarga o‘tishingiz uchun kerakli tajribalarni o‘rganasiz.
Kurs muallifi kim?
Dizayn sohasida 12 yildan koʻp tajribaga egaman. 10 dan ortiq dizaynerlarga oʻz yoʻnalishlarini oʻrganib, kasbga ega boʻlishlarida yordam bera olganman. Hozirda Super Dispatch kompaniyasida yetakchi dizayner vazifasida faoliyat olib boraman. Super Dispatch kompaniyasida dizayn jamoa qurib, dizayn jarayonlarni yo‘lga qo‘yganman. Bundan tashqari ADPList platformasida dizaynerlarga mentorlik qilaman.
Nodir Khalilov
Kursda qanday bilimlarni o‘rgataman?
8 hafta
32 dan ortiq darslar
Dizaynga yangi kirib kelganlar
Maʻlumotlar asrida oʻrganadigan bilimlar koʻp, lekin ularning hammasi ham foydali boʻlmasligi mumkin. Dizayn sohasiga yangi qadam qoʻyganlar uchun zarur bilim va tajribalarni toʻgʻri vaqtda, to‘g‘ri uslub bilan oʻrgataman.
1-hafta
UX Dizaynga kirish: UX haqida toʻliq maʻlumot. UX dizayner kasbi, uning vazifalari va majburiyatlari. Yaxshi UX dizayner xususiyatlari.

Test va vazifa
2-hafta
Dizayn prinsiplari. UX dizayn jarayoni. Dizayn elementlari. Tipografikaga kirish. Tipografikadan unumli foydalanish.

Test va vazifa
3-hafta
Verstka. Ichki va tashqi maydon qoidasi. Yaqinlik teroriyasi. Verstkada modulning o‘rni. UX qonunlari. Dizayner gigiyenasi.

Test va vazifa
4-hafta
Lean UX va Agile. Foydalanuvchiga yo‘naltirilgan dizayn (user-centered). Dizayn fikrlash (design thinking).

Test va vazifa
5-hafta
UX tadqiqotlar. Ma’lumotlar bilan ishlash. Dizayn sprint.

Vazifa
6-hafta
Foydalanuvchi intervyulari. Ochiq va yopiq savollar

Test va vazifa
7-hafta
Tez prototiplash texnikasi. Prototiplarni foydalanuvchilar bilan sinovdan o‘tkazish.

Vazifa
8-hafta
Sun’iy intellekt va UX dizayn. Sun'iy intellektdan dizayner sifatida foydalanish.

Test va vazifa
Kurs qanday tartibda bo‘ladi?
Dushanba
Har dushanba bir haftalik video darslar va topshiriqlar beriladi. Darslar hafta oxirigacha oʻrganilib, vazifalar topshiriladi.
Juma
Bir haftalik darslar tugatilib, test va vazifalar topshiriladi. Juma kuni topshirilmagan vazifalar koʻrib chiqilmaydi.
Vebinarlar
Kurs davomida, oʻquvchilar bilan 1 soatlik vebinar tashkil qilinadi. Vebinarda kurs davomida oʻrgangan bilimlar va muammolar muhokama qilinadi.
Nima uchun
UX Dizayn?
UX dizayn sohasi 1970-yillardan beri shiddat bilan rivojlanib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, texnologiya sohasidagi kompaniyalar foydalanuvchilar va biznes muammolarini yecha oladigan kuchli UX dizaynerlarga ehtiyoj sezishmoqda.
Figma, Sketch, Adobe XD yoki shu kabi dizayn instrumentlaridan foydalanish oʻrgatilmaydi. Qanday qilib, foydalanuvchi interfeysini chizish ham kurs davomida oʻrgatilmaydi.
Qanday bilimlarni o‘rgatmayman?
Mentor bilan onlayn uchrashuvlar
Kurs davomida, mentor bilan onlayn uchrashib, muammolarni muhokama qilish mumkin boʻladi.
Kursda oʻqish uchun kompyuter va Figma, Sketch, Adobe XD yoki shu kabi instrumentlardan foydalana olishni bilish talab qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi
UX Dizayn kursimda oʻqishdan oldin, har bir talabaning bilimi tekshirilib, kurs talablariga javob berilsa, keyin kursga qabul qilaman.
oylik maosh
5-20 mln so‘m
2023-yil, aprel oyida Nodizayn Telegram kanalimda Oʻzbekistondagi dizaynerlar oylik maohslari haqida oʻtkazgan so‘rovnoma natijalarga koʻra, oʻrtacha oylik, dizaynerlar uchun 5-20 million soʻmni tashkil qiladi.
Anketa to‘ldirasiz
Dizayn sohasida qanday tajriba va bilimlaringiz borligi haqida ma'lumot berasiz.
Anketani o‘rganaman
Bilim va tajribangizni o‘rganib chiqib, qayta aloqaga chiqaman.
To‘lov
Qabul qilinsangiz, to‘lovni amalga oshirasiz.
Kursga start
Kurs boshlanishi muddati kelishi bilan start beriladi.
undefined
  • UX dizayn sohasini 12 yildan ko‘p tajribaga ega dizayner bilan o‘rganasiz.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Made on
Tilda